makon.
Tashrif buyurish
Bosh sahifa/Makon

Makon bilan tanishing

Makon — o'z ishi bor va o'sishni xohlaydigan odamlar uchun qulay ish joyi. Kovorking, kofe va kitoblar bir joyda.

Makon nima?

Makon — g'oyalar tug'iladigan maskan. Bu yerda, kofe hidi va kitob sahifalari orasida, katta ishlar boshlanadi. Siz o'z ishingizni qurasiz, intiluvchan insonlar bilan tanishasiz va birga o'sasiz.

Makon ichida

Ichki afzalliklar

  • Tinch muhitShovqin va begona odamlar yo'q — diqqatingiz faqat ishda.
  • O'z doimiy ish joyingizHar kuni joy qidirmaysiz: stolingiz sizni kutib turadi.
  • Tez Wi-Fi va bepul printerIsh uchun kerakli hamma narsa qo'l ostida.
  • Bepul shaxsiy shkafNarsalaringizni har kuni olib yurishingiz shart emas.
  • Kofe va kitoblarTanaffusda dam olish va yangi tanishuvlar uchun.
Makon atrofida

Tashqi afzalliklar

  • Nufuzli manzilShahar markazidagi Akai City premium turar-joy majmuasida, Premium Avenue yonida. Mijoz yoki hamkorni bemalol taklif qilasiz.
  • Metroga 2 daqiqa"Hamid Olimjon" bekatidan piyoda atigi 2 daqiqa — tirbandlikka qaramay, har kuni vaqtida yetib kelasiz.
  • Qulay parkovkaMashinada kelsangiz, joy qidirib vaqt yo'qotmaysiz.
  • Hammasi yonginangizdaButik, gul do'koni, restoran va do'konlar bir necha qadamda: tushlik, uchrashuv yoki sovg'a — hammasi yaqin.

Makon kimlar uchun?

O'z ishi bor va o'sishni xohlaydiganlar uchun.

Talabalar, targetologlar, frilanserlar, tadbirkorlar va turagentlik ochmoqchi bo'lganlar.

01O'z ishi bor
02O'sishni xohlaydi
03Boshqalarga foydali bo'la oladi
04Qo'shnilarining ishini hurmat qiladi

Makon hamjamiyati

Har bir rezidentning o'z joyi bor, qo'shnilar bir-birini taniydi. Tanishuvlar hamkorlikka, hamkorlik esa yangi imkoniyatlarga aylanadi.

15

Faqat 15 ta joy

Har bir rezident — tanish yuz.

+

Bir-biriga foydali

Tanishuvlar hamkorlikka aylanadi.

♡

Hurmat muhiti

Har kimning g'oyasi va ishi qadrlanadi.

Makon qoidalari

Hamma uchun qulay muhit bo'lishi uchun bir nechta oddiy qoidalar.

Ish vaqti

10:00–19:00, yakshanbadan tashqari har kuni.

To'lov

Faqat QR kod orqali. Naqd pul qabul qilinmaydi.

Videokuzatuv

Makonda xavfsizlik uchun videokuzatuv mavjud.

Muddatni uzaytirish

To'lov muddat tugashidan kamida 1 kun oldin amalga oshiriladi.

Kelib ko'ring. Farqini his qilasiz.

Lashkarbegi ko'chasi, 11 · 10:00–19:00, yakshanbadan tashqari

Tashrifga yozilish